08:53 / 17.11.2015
1774

Britaniya notinch davlatlarga berilayotgan moliyaviy yordamni oshirmoqchi

Britaniya hukumati “noturg‘un” davlatlarga ko‘rsatilayotgan moddiy yordam hajmini umumiy yordam byudjyetining avval belgilangan 30 foizidan 50 foiziga qadar oshiradi, deya ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron.

RIA “Novosti” agentligining xabar berishicha, Devid Kemeron xorij mamlakatlariga ko‘mak ko‘rsatish byudjyeti Britaniyani dunyoda o‘tkir vaziyatlarni barchadan ham tezroq hal etadigan davlatga aylantiradi, deb hisoblaydi. “Xalqaro rivojlanish vazirligi byudjyetida birinchi navbatda zaif mamlakatlarga e'tibor qaratilishi strategiyamizning fundamental qismi hisoblanib,

Britaniyaning jahondagi “yumshoq kuchlar” yetakchisi sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlab turadi”, - dedi Kemeron. Avvalroq Britaniya hukumati maxsus xizmatlarning aksilterror tuzilmalariga 2020 yilga qadar qo‘shimcha 2 milliard funt sterling ajratishi haqida xabar berilgan edi.

Top