09:27 / 17.11.2015
2163

Britaniya o‘z maxsus xizmatini qo‘shimcha 2 mlrd funt sterling bilan ta'minlaydi

Buyuk Britaniya hukumati 2020 yilga qadar maxsus xizmatning antiterror bo‘linmasiga 2 mlrd funt sterling miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratadi.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Devid Kemeronning ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Bizning maxsus xizmatimiz so‘ngi yilda yetti terrorchilik harakatini yo‘q qildi. Shu bois ular zarur zaxiralar bilan ta'minlanishi lozim”, — dedi Kemeron.
Aniqlik kiritilishcha, mablag‘lar kiberhujumlar va uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlariga qarshi sohalarga yo‘naltiriladi.

Top