09:10 / 17.11.2015
3751

Tsukerberg Fransiya trikolori bilan bog‘liq ayblovlarga javob qaytardi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg nega “xavfsizlik tekshiruvi” funksiyasi uning resursida 13 noyabr kuni, Fransiyadagi teraktlardan so‘ng paydo bo‘lganini, bir kun oldin, 12 noyabrda Bayrutdagi teraktlar chog‘ida esa ishlamaganini izohladi. Bu boradagi xabarni u ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida e'lon qildi.

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyadagi voqealarga qadar Facebook qoidalari faqatgina tabiiy ofatlar chog‘ida ishga tushar edi. “Biz mazkur qoidalarni o‘zgartirdik va endi xavfsizlik tekshiruvini odamlar bilan sodir bo‘ladigan boshqa fojialar chog‘ida ham yoqishni rejalashtirmoqdamiz”, - deyiladi xabarnomada.

Ijtimoiy tarmoqning kengaytirilgan matbuot xabarnomasida aniqlashtirilishicha, xizmat Facebook’da bu boradagi xabarlar sonining keskin oshib ketishi munosabati bilan ishga tushirilgan. Voqea joyidagi odamlar ijtimoiy tarmoqdan juda keng foydalangani bois ularga yaqinlarini topishda yordam ko‘rsatishga qaror qilingan.

“Bu boradagi savollar bilan bizga murojaat qilayotgan barchadan minnatdormiz. Siz haqsiz, dunyoda ko‘plab muhim hodisalar sodir bo‘lmoqda. Biz barcha insonlarga birday g‘amxo‘rlik qilamiz hamda murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlarga yordam ko‘rsatishga harakat qilamiz”, - xulosa qildi Tsukerberg.

Top