00:24 / 17.11.2015
3247

Yevro-2016 ga qur'a tashlash marosimi boshqa joyga ko‘chirilmasligi ma'lum bo‘ldi

UYeFA 2016 yili Yevropada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha qit'a birinchligi bahsiga qur'a tashlash marosimi Parij teraktlari sabab boshqa yerga ko‘chirilmasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Press Association.

Qur'a tashlash marosimi avval rejalashtirilganidek, 12 dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Ma'lumot uchun, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar Fransiyada bo‘lib o‘tadi.

Top