12:06 / 17.11.2015
8627

Inson va maymun miyalari orasidagi asosiy farq aytildi

Amerikalik olimlarning ishontirishicha, inson miyasini maymun miyasidan ajratib turuvchi muhim bir jihat bor. Bunda insonning eng yaqin qarindoshi hisoblanmish shimpanze miyasi nazarda tutilmoqda. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilari birinchi marta shimpanze miyasi strukturasining merosiyligini Homo Sapiens miyasi bilan qiyoslab ko‘rishdi. Ular maymun miyasidan 206, inson miyasidan 217 namuna olishdi. Inson namunalari egizaklardan, maymunlar namunalari esa o‘zaro yaqin qarindosh shimpanzelardan olindi.

Aniqlanishicha, inson va shimpanze miyalarining hajmiga genetik omil sezilarli ta'sir ko‘rsatarkan. Shu bilan birga, shimpanze miyasining shakllanishiga merosiy omillar ta'sir o‘tkazsa, insonlarda bu narsa tashqi muhitga ko‘proq bog‘likligi ma'lum bo‘ldi.
“Shu tariqa, inson miyasi atrof muhitni sezuvchanroq bo‘lib chiqdi. Aynan shu xususiyat inson miyasini o‘zgarib borayotgan muhitga moslashtirib boradi va madaniy evolyutsiyani tezlashtiradi”, - dedi tadqiqotning yetakchi muallifi Ayda Gomes-Robles.

Top