22:06 / 17.11.2015
3270

Kerri: AQSh va Turkiya Suriya chegarasida to‘liq nazorat o‘rnatuvchi operatsiya boshlaydi

AQSh va Turkiya o‘zaro hamkorlikda Suriya chegarasida to‘liq nazoratni o‘rnatuvchi va xavfsizlikni ta'minlovchi operatsiya boshlaydi, deb xabar bermoqda Reuters. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri ma'lum qilgan.

“Hozir Suriya bilan shimoliy chegarlarning 75 foizi yopilgan. Va biz Turkiya bilan hamkorlikda 98 km li qolgan chegarani ham yopish operatsiyasini boshlaymiz”, — dedi Kerri CNN ga bergan intervyusida.

Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama IShIDga qarshi kurash strategiyasi o‘zgarmasligini ma'lum qilgan edi.

Top