15:41 / 17.11.2015
3981

JCh-2018 saralashi: KXDR o‘z maydonida Bahraynni mag‘lubiyatga uchratdi

KXDR terma jamoasi JCh-2018 va OK-2019 uchun o‘tkazilayotgan saralash musobaqasida o‘z maydonida Bahraynni qabul qildi. Ma'lumotlarga qaraganda, shimollik koreyslar ushbu uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

KXDRning har ikki goli ham qo‘shimcha bo‘limlarda kiritilgani aytilgan. Rak Kvang Ryong birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan hisobni ochgan, Jong Il Gvan 90+3 daqiqada jamoasining ikkinchi golini urgan.

Ushbu g‘alabadan so‘ng KXDR 16 ochko bilan guruhda yetakchilik qilishda davom etmoqda. Ikkinchi o‘rindagi O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 12 ochko bor, biroq o‘zbekistonliklar ikki o‘yin kam o‘tkazishgan.

Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 20.30da guruh doirasida Yaman va O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkazishi belgilangan.

JCh-2018 va OK-2019 saralashi
N guruhi
KXDR - Bahreyn - 2:0
Gollar: Rak Kvang Ryong 45+1, Jong Il Gvan 90+3

Top