19:13 / 17.11.2015
12069

OAV: Rossiya IShID pozitsiyalariga suv osti kemasidan zarbalar berdi

Rossiya O‘rta Yer dengizidagi suv osti kemasidan IShID pozitsiyalariga “Kalibr” qanotli raketalari bilan zarbalar berdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin manbaga iqtibos keltirgan holda RBK nashri.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, zarbalar “Rostov-na-Donu” dizel-elektr suv osti kemasidan berilgan.

Avvalroq Le Monde nashri Rossiya O‘rta Yer dengizidagi suv osti kemalaridan Rakkadagi nishonlarga qanotli raketalar uchirganini ma'lum qilgandi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu 17 noyabrda ertalab sodir bo‘lgan.

Top