22:18 / 17.11.2015
4033

Parij teraktida halok bo‘lgan 117 nafar kishining shaxsi aniqlandi

Parij teraktida halok bo‘lgan 129 kishidan 117 nafarining shaxsini qarindoshlari va yaqinlari tanib olishdi. Bu haqda Fransiya adliya vaziri Kristian Tobira ma'lum qilgan.

Avvalroq Fransiya bosh vaziri Manuel Vals hozircha Fransiya tomoni olib borayotgan tekshiruvlar natijasida Parij teraktida halok bo‘lganlarning shaxsini to‘liq va aniq bilishning imkoniyati bo‘lmayotganligi haqida aytib o‘tgan edi.

Top