12:26 / 17.11.2015
3795

Rim papasi: Xudo nomini qotillik uchun qo‘llash kufrdir

Rim papasi Frantsisk Parijda sodir etilgan teraktlarni qoraladi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, u Xudo nomidan foydalanib qotillikka qo‘l urgan odamlarni keskin qoralagan.

“Xudo nomidan foydalanib qotillikka qo‘l urish kufrdan boshqa narsa emas”, - ta'kidladi u.

“Bunday vahshiylik dahshatga soladi, biz inson qalbi bunday dahshatli narsalarni rejalashtirishi va amalga oshirishi mumkinligidan hayratdamiz. Bu nafaqat Fransiyani, balki butun dunyoni larzaga keltirdi”, - dedi u Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida to‘plangan katoliklarga murojaatida.

“Yana bir bora shuni ta'kidlab o‘tishimiz lozimki, zo‘ravonlik va yovuzlik yo‘li insoniyat muammolarini hal qilmaydi”, - qo‘shimcha qildi papa.

Top