18:03 / 17.11.2015
6933

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida suv toshqinlari ro‘y berdi

17 noyabr kuni Saudiya Arabistonning Jidda shahri ko‘chalari kuchli toshqinlari qurshovida qoldi. Bu haqda arabnews.com internet nashri xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, 17 noyabr kuni tongda Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismiga noqulay ob-havo oqimi kirib keldi. Shu munosabat bilan mamlakat Ta'lim vazirligi shaharda maktablarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir yil muqaddam – 2014 yilning 18 noyabr kuni ham Jidda shahrida kuchli yog‘ingarchiliklar va suv toshqinlari kuzatilgan edi.

Top