00:14 / 17.11.2015
4814

WikiLeaks Oq uydagi korrupsiya haqidagi maxfiy audioyozuvlarni chop etdi

WikiLeaks portali Oq uydagi korrupsiya haqidagi 30 soatlik maxfiy audioyozuvlar va stenogrammalarni chop etdi.

Ko‘p milliard dollarlik korruptsion mojaroga AQSh prezidentlari ma'muriyatining 13 nafar xodimi aralashgan: 10 nafar amaldagi prezident Barak Obama va 3 nafar avvalgi prezident Kichik Jorj Bush ma'muriyatidan. Ayni paytda AQSh Adliya departamenti va 4 nafar bosh inspektor tomonidan ushbu mojaro tergov qilinmoqda.

WikiLeaks ma'lumotlariga ko‘ra, korruptsion mojaro har yillik AbilityOne dasturi bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra 3 mlrd dollar 50 mingdan ko‘proq imkoniyati cheklangan odamlar mehnatiga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Bu pullarning katta qismi, ya'ni 2,3 mlrdi SourceAmerica tashkiloti orqali boshqa hamkorlarga tarqatilgan.

WikiLeaks’ning xabar berishicha, bu pullardan yarmidan ko‘pi nogironlarga emas, balki og‘ir kasalliklarga ega odamlar o‘rniga yengilroq nogironlikka ega kasallarni ishga oluvchi tashkilotlarga o‘tgan.

Oqibatda soliq to‘lovchilarning yordamga ishlatilishi kerak bo‘lgan pullari yuqoridagi tashkilotlarning daromad manbaiga aylangan.

26 ta chop etilgan audioyozuvda SourceAmerica tashkiloti huquqshunosi Jan Robinson va nogironlarga ish beruvchi tashkilotlardan birining prezidenti o‘rtasidagi suhbat qayd qilingan.

Top