12:50 / 17.11.2015
4183

Xaver Pastore: Mening ikki do‘stim Parijdagi terakt vaqtida halok bo‘ldi

"PSJ" jamoasining argentinalik futbolchisi Xaver Pastorening ma'lum qilishicha, uning ikki yaqin do‘sti Parijdagi terakt qurboniga aylangan. Uning ma'lum qilishicha, bu yigitlar terrorchilar qirg‘in uyushtirgan "Bataklan" teatri binosida bo‘lishgan.

"Fransiyada 2 do‘stim halok bo‘ldi. Ular men bilan birga menikida yashashar edi. O‘sha kuni ular teatrga borishgandi... Endi Fransiyaga qaytishim kerak va "PSJ" jamoasi oldidagi vazifalarimni bajarishda davom etishim kerak. Lekin bu oson emas. Parijga qaytish va u yerda bo‘lgan voqealarni yaqindan bilish juda og‘ir. Umid qilamanki, bundan keyin shahar ahli tinchlikda yashaydi", deydi Pastore Teleocho nashriga bergan intervyusida.

Top