21:45 / 18.11.2015
4811

2015 yilda Rossiya 15 mlrd dollar miqdorida qurol sotdi

Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, Rossiya 2015 yilda chetga qurol va harbiy texnika sotish bo‘yicha yillik rejaning 15 mlrd dollar ko‘rsatkichini bajardi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Reja amalga oshiriladi. Bu yilda ham barchasi barqaror ketyapti”, — dedi federal xizmat vakili.

2014 yilda Rossiya 15,5 mlrd dollar miqdorida qurol-yarog‘ sotgan edi.

Top