11:33 / 18.11.2015
4330

Air France kompaniyasining ikki samolyoti xavf borligi sabab ortiga qaytdi

Los-Anjyelesdan Parijga yo‘l olgan Air France kompaniyasining ikki samolyoti xavf borligi sabab Yuta shtatining Solt-Leyk-Siti aeroportiga qaytdi, deb xabar bermoqda CNN.

Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi matbuot kotibining ma'lum qilishicha, yerdan bortda portlovchi qurilma o‘rnatilgani to‘g‘risida xabar qilingan. Natijada samolyot zararsiz qo‘nishga majbur bo‘lgan va yo‘lovchilar terminalga olib o‘tilgan.

Air France kompaniyasining Vashingtondan Parijga yo‘l olgan ikkinchi samolyoti Kanadaning Galifakse aeroportiga qo‘ngan. Aeroport vitse-prezidenti uning nima sababdan qo‘ngani haqida izoh bermagan. Faqatgina yo‘lovchilarning xavfsiz joyda ekanligi haqida aytib o‘tgan.

Top