17:39 / 18.11.2015
10052

IShID targ‘ibotchilari ivritni o‘rgandi

IShID jangarilari ijtimoiy tarmoqlardan biridagi o‘z targ‘ibot materiallarida birinchi marta yahudiy tilidan foydalanishdi. Xususan, Isroil maktablari o‘quvchilari hamda ularning ota-onalariga tahdid solingan matn parchasi arab tilidagi muqobili bilan bir qatorda chop etildi.

Ilgari IShID o‘zining rasmiy bayonotlarini arab, ingliz, fransuz, nemis, turk, kurd, indoneziya, bosniya, rus, bangol, urdu tillarida e'lon qilgan edi. Bundan tashqari, hind va alban tillaridagi xabarlar ham ma'lum.

Top