10:06 / 18.11.2015
3258

Ispaniya hukumati "Real" va "Barselona" bahsi xavfsizligini ta'minlash masalasini muhokama qildi

Ispaniya hukumati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazib, unda La liga doirasida 21 noyabr kuni o‘tkaziladigan "Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahs vaqtida xavfsizlik ta'minlanishi masalasini muhokama qildi. Bu haqda AR nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Parijdagi terakt tufayli "El Klasiko" bahsi bo‘yicha ham xavotir olishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 noyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan Germaniya va Gollandiya o‘rtasidagi bahs terakt xavfi mavjudligi tufayli bekor qilindi.

Top