08:59 / 18.11.2015
3291

JCh-2018 saralash. Konmebol mintaqasida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi

JCh-2018 saralash bosqichi doirasida KONMeBOL mintaqasida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Argentina o‘yinning 20-daqiqasida Bigliya tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga Kolumbiyadan ustun keldi. Bu ularning saralash bosqichidagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Urugvay o‘z maydonida Chilini yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Urugvayliklar safida Godin, Pereyra hamda Kaseres gollarga mualliflik qilishdi.

Braziliya ham muxlislari qarshisida Peru darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Braziliyaliklar safida gollarni Duglas Kosta, Renato Augusto hamda Filipe Luis urgan.

Shuningdek, Paragvay Boliviyani, Ekvador Venesuelani mag‘lubiyatga uchratgan.

Ayni vaqtda jadvalda ekvadorliklar peshqadamlik qilishmoqda - 4 o‘yindan 12 ochko. Ikkinchi o‘rinda 9 ochko to‘plagan Urugvay, uchinchi o‘rinda esa 7 ochkosi bilan Braziliya joylashgan. Oxirgi o‘rindagi venesuelaliklar hisobida bironta ochko yo‘q.

JCh-2018

Janubiy Amerika
4-tur

Kolumbiya – Argentina 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 20 Bigliya.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra, Palasios, Murilo, Torres (Muriel, 46), Mexiya (Ramos, 78), Torres, Xames, Bakka, Guterres (Kardona, 58).
Argentina – Romero, Otamendi, Roxo, Merkado (Perutstsi, 79), Funes Mori, Bigliya, Maskerano, Banega, Di Mariya, Lavessi (Peres, 86), Iguain (Dibala, 70).
Ogohlantirshilar: Torres (20), Sapata (25), Maskerano (62), Palasios (68), Mexiya (71), Lavessi (85), Dibala (90).

Venesuela – Ekvador 1:3 (0:2, 1:1)

Gollar: 0:1 – 15 Martines, 0:2 – 23 Montero, 0:3 – 60 Kaysedo, 1:3 – 84 Martines.
Venesuela – Baroxa, Velaskes, Sichero, Rosales, Viskarrondo, Otero, Rinkon, Jyeffren (Martines, 54), Lusena (Akosta, 46), Santos (Rondon, 68), Rondon.
Ekvador – Dreyer, Guagua, Eraso, Ayovi, Paredes, Kinones (Kastilo, 70), Noboa, Montero (Kasares, 76), Kaysedo (Ayovi, 82), Bolanos, Martines.
Ogohlantirishlar: Velaskes (42), Santos (44), Dreyer (68), Rosales (90).

Paragvay – Boliviya 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 0:1 – 59 Duk, 1:1 – 62 Leskano, 2:1 – 65 Barrios.
Paragvay – Silva, da Silva, Samudio, Valdes, Agilyar, Ortis (Romero, 61), Roxas, Leskano, Benites (Santana, 71), Gonsales (Peres, 77), Barrios.
Boliviya – Vaka, Egino, Marteli, Senteno, Flores, Chumasero, Bexarano, Veysaga, Bexarano (Saavedra, 52), Kampos (Lisio, 24), Ramalo (Duk, 46).
Ogohlantirishlar: Bexarano (15), Roxas (30), Agilyar (49), Duk (81).
Chetlatish: Agilyar (86).

Urugvay – Chili 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 23 Godin, 2:0 – 61 Pereyra, 3:0 – 65 Kaseres.
Urugvay – Muslera, Koates, Koruxo, Kaseres (Silva, 71), Godin, Arevalo, Sanches, Lodeyro (Pereyra, 59), Pereyra, Rolan (Nandes, 80), Kavani.
Chili – Bravo, Isla, Xara, Mena (Fernandes, 66), Vargas (Orelyana, 81), Vidal, Gonsales (Bosejur, 66), Valdiviya, Sanches, Medel, Dias.
Ogohlantirishlar: Vidal (15), Koruxo (19), Godin (22), Medel (22), Sanches (49), Pereyra (51), Dias (63), Pereyra (69).
Chetlatish: Valdiviya (90).

Braziliya – Peru 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 22 Duglas Kosta, 2:0 – 57 Renato Augusto, 3:0 – 77 Filipe Luis.
Braziliya – Alisson, Miranda, Filipe Luis, Dani Alves, Jil, Elias, Luis Gustavo (Fernandino, 78), Renato Augusto, Villian (Oskar, 85), Duglas Kosta (Lukas Lima, 89), Neymar.
Peru – Penni, Sambrano, Yotun, Advinkula, Lobaton (Gonsales, 70), Tapiya (Balon, 70), Askues, Kueva, Urtado (Reyna, 65), Farfan, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Neymar (26), Tapiya (47), Advinkula (57), Askues (73).

Top