15:54 / 18.11.2015
5131

Lavrov: A321ga uyushtirilgan hujum Rossiyaga hujum qilish bilan barobardir, o‘zini mudofaa qilish huquqidan foydalanamiz

Rossiyaning A321 avialayneri bortida uyushtirilgan terakt davlatning o‘ziga hujum qilish bilan barobardir, shunga muvofiq ravishda, davlat ham o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanadi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.

“Keyingi harakatlarimizga kelsak: prezident ta'kidlab o‘tganidek, ular BMT yo‘riqnomasining 51-moddasiga asoslanadi. Modda har qanday davlatning hujum bo‘lgan taqdirda o‘zini individual yoki kollektiv himoya qilish huquqiga ega”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

“Sinay yarim oroli osmonidagi terrorchilik akti Rossiya fuqarolariga bo‘lgan hujum edi, bu esa davlatning o‘ziga hujum qilish bilan barobar, - so‘zida davom etdi vazir. – O‘zini mudofaa qilish huquqi barcha mavjud usullar bilan – siyosiy, harbiy va boshqa usullarda amalga oshiriladi”.

Top