11:49 / 18.11.2015
3111

OAV: AQSh Iroqdan neft sotib olish hajmini ikki barobarga oshirdi

AQSh 2015 yilning avgust-oktabr oylarida Iroq nefti importi hajmini ikki barobarga oshirib, kuniga 521 ming barrelga qadar yetkazdi. Bu haqda CNN telekanali 17 noyabr kuni e'lon qildi.

Telekanal Ogayo shtatining Klivlend shahrida joylashgan hamda xom ashyo manbalari narxlari to‘g‘risida ma'lumotlar olish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Platts xususiy kompaniyasi ma'lumotlaridan foydalangan. Qayd etishicha, OPeK davlatlarida ortiqcha xom ashyo yig‘ilib qolgani, oqibatda uning narxi tushib ketayotgani sababli Qo‘shma Shtatlar Iroqdan neft sotib olish hajmini oshirgan.

Xalqaro energetika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, OPeKning faol a'zolari dunyodagi neft zaxiralari hajmini 3 millard barrelga qadar ko‘paytirgan. Taxminlarga ko‘ra, qazib olish miqdori 2015 yil oxiriga qadar kuniga 1 million barrelga qadar ortadi.

Top