23:51 / 18.11.2015
24633

O‘zbekistonda telefon raqamining dastlabki uchta raqami bo‘yicha kod va aloqa operatorini aniqlash xizmati ishga tushirildi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi telefon raqamining dastlabki uchta raqami (prefiks) bo‘yicha kod va aloqa operatorini aniqlash interfaol xizmatini ishga tushirdi.

Bu xizmat mobil aloqa abonentlari uchun ayniqsa foydaladir. Chunki abonentlar O‘zbekiston viloyatlariga qo‘ng‘iroq qilishda yoki sms-xabar yuborishda operator kodini kiritishlari kerak.

Endi biror raqamning u yoki bu operator yoki viloyatga tegishli ekanini bilish uchun vazirlik saytining xizmatlar sahifasiga kirib, kerakli joyda raqamning prefiksini kiritib, batafsil ma'lumot olish mumkin.

Quyida ushbu xizmatdan foydalanishda olingan natija ko‘rsatilgan.

Top