23:05 / 18.11.2015
12741

O‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchilar sport jihozlari ishlab chiqarmoqdalar

“O‘zavtosanoat” AK korxonalari tomonidan sport qurilmalari, jihozlari va sport kiyimlari “Sport World Uzbekistan-2015” ko‘rgazmasida 10 dan ortiq sport jihozlari ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari namoyish qilindi.

Misol uchun, “Uz Dong Yang” qo‘shma korxonasi balandlikka sakrash to‘shamalari, sport sumkalari, mashg‘ulot manekenlari va turli boks anjomlari, “Uz Koje” MChJ va "Uz Dong Hong" MChJ esa futbol, gandbol, stol va katta tennis uchun turli to‘rlar, “Uz Minda” MChJ esa sekundomer, shaxmat soatlari, hisob va vaqt tablolari, sport trenajayorlari to‘plamlari va boshqa mahsulotlarni namoyish qildilar.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston korxonalari tomonidan 120 turdagi sport jihozlari va qurilmalaridan 116 tasi ishlab chiqariladi.

Top