11:50 / 18.11.2015
2816

Parijning Sen-Deni tumanidagi otishma chog‘ida kamida 1 kishi halok bo‘lgan

Parij shahri shimolidagi Sen-Deni tumanida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan aksilterror amaliyot chog‘ida otishma yuz berishi natijasida kamida 1 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Liberation nashri xabar tarqatdi.

"Ma'lum qilinishicha, Parij shimolida o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti vaqtida kamida 1 kishi halok bo‘lgan", deb yoziladi nashrda.

Halok bo‘lgan shaxsning kimligiga aniqlik kiritilmagan, u politsiyachi, tinch aholi vakili yoki terrorchi bo‘lishi ham mumkin.

Biroz oldinroq, terrorchi yashiringani taxmin qilingan hudud o‘rab olingani xabar qilingandi.

Bu hududda Parij teraktiga aloqadorligi taxmin qilingan 2 kishi yashiringani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijda sodir etilgan davomli teraktlar tufayli 129 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi jarohatlangan. Shifoxonadagilarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top