15:59 / 18.11.2015
3922

Sen-Denida o‘zini portlatib yuborgan terrorist Fransiya tarixidagi ilk ayol-xudkush bo‘ldi

Politsiya tomonidan Parij shimolidagi Sen-Deni tumanida Fransiya maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti chog‘ida o‘zini portlatib yuborgan terrorist Fransiya tarixidagi birinchi xudkush ayol bo‘ldi, deya xabar qildi Europe 1.

Avvalroq Parij shimolidagi Sen-Deni tumanida o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti vaqtida qo‘lga tushishni istamagan ayol terrorchi o‘zini portlatib yuborishga ulgurgani xabar qilingan edi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, amaliyot chog‘ida uch kishi vafot etdi, qo‘lga olinganlar soni yetti nafarni tashkil etmoqda.

Top