07:11 / 18.11.2015
2644

Shvetsiya Yevro-2016 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Shvetsiya terma jamoasi Yevro-2016 saralash pley-off bosqichi doirasida Daniya maydonida durang natija (2:2) qayd etdi. Dastlabki o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan shvedlar shu tariqa Fransiya maydonlarida 2016 yilning yozida o‘tkaziladigan turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Javob o‘yinining 19-daqiqasida Zlatan Ibrohimovich o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi ichida mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida uning o‘zi jarima zarbasini chiroyli tarzda golga aylantirdi.

Ikkinchi gol amalda yo‘llanma taqdirini hal qildi. Boisi, qolgan daqiqalarda daniyaliklar 4ta gol ura olishmasdi. Ammo Daniya hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevro-2016 saralash pley-off
Daniya – Shvetsiya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 19 Ibrohimovich, 0:2 – 76 Ibrohimovich, 1:2 – 81 Poulsen, 2:2 – 90 Vestergor.
Daniya – Shmeyxel, Agger, Yakobsen, Ker, Durmisi (Vestergor, 83), Dileyni (Kron-Deli, 46), Eriksen, Xeyberg, Yorgensen, Bendtner (Rasmussen, 60), Poulsen.
Shvetsiya – Isaksson, Bengtsson (Olsson, 86), Grankvist, Yuxansson, Lyustig, Chelstrem (Svensson, 69), Levitski, Larsson (Xilemark, 81), Forsberg, Berg, Ibrohimovich.
Ogohlantirishlar: Bengtsson (10), Durmisi (51), Poulsen (58), Larsson (70), Xeyberg (77).
Birinchi o‘yin – 1:2.

Top