14:43 / 18.11.2015
2492

Si Tszinpin: Xitoy Seul va Tokio bilan erkin savdo haqidagi muzokaralarni tezlashtirishga umid bildirmoqda

Xitoy Janubiy Koreya va Yaponiya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar jarayonini tezlashtirishga harakat qilmoqda. Bu haqda 18 noyabr kuni XXR raisi Si Tszinpin Manilada Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasidagi chiqishida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda xuddi shu ko‘rinishdagi bitim Pekin va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolanishi kutilmoqda. “Yil oxiriga qadar Avstraliya va Koreya Respublikasi bilan ham erkin savdo to‘g‘risida kelishuvga erishish ehtimoli bor”, - dedi Si Tszinpin.

Davlat rahbarining qayd etishicha, Xitoy hamkorlik hamda xorij kapitali uchun ochiqligicha qoladi va yopishga urinishmaydi.

Top