09:06 / 19.11.2015
3643

AQSh IShID yetakchisi haqidagi axborot uchun 5 mln dollar mukofot puli e'lon qildi

AQSh IShID yetakchilaridan biri Abu Muhammad al-Shimoniy haqidagi axborot uchun 5 mln dollar mukofot puli e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

AQSh Davlat departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, al-Shimoniy Avstraliya, Yevropa va Yaqin Sharq davlatlaridan Turkiya va Suriyaga jangarilikka odamlarni jo‘natgan.

O‘tgan haftada AQSh Somalida faoliyat yurituvchi “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi yetakchilari haqidagi ma'lumotga mukofot e'lon qilgandi.

Top