15:03 / 19.11.2015
5318

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishning uch yo‘lini ko‘rib chiqmoqda

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishning uch yo‘lini ko‘rib chiqmoqda. The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, bular orasida 3-4 oyga mo‘ljallangan cheklov choralari ham bor.

“Yevroittifoq ko‘rayotgan choralar ichida uch xil muddatlilari bor: yillik, yarim yillik va 3-4 oylik. Oxirgi chora YeI Rossiya Ukraina masalasida yon berayotganini sezgandagina amalga oshiriladi”, - deyiladi tashkilot xabarnomasida.

Rossiyaga qarshi iqtisodiy va siyosiy cheklov choralari 2014 yil yozida joriy etilgan bo‘lib, Qrim yarim orolining okkupatsiya qilinishi bilan bog‘liq ravishda amal qilib kelmoqda. Shuningdek, sabablar sirasida Ukraina sharqidagi ayirmachi harakatlarning Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ham bir necha marotaba ko‘rsatilgan.

Top