Gondurasda qalbaki pasport bilan qo‘lga olingan besh nafar suriyalik hech qanday terrorchilik guruhiga a'zo emasligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Mahalliy huquq-tartibot organlarining ma'lum qilishicha, ularning to‘rt nafari talabalar bo‘lgan. Ularning bari AQShdan boshpana topish maqsadida Suriyadan chiqib ketishgan.
Politsiyaning ta'kidlashicha, qo‘lga olinganlarning Parij teraktlariga hech qanday aloqasi yo‘q.