00:31 / 19.11.2015
5018

IShID jangarilari xitoylik va norvegiyalik asirlarni o‘ldirishgani haqida ma'lum qilishdi

IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari xitoylik va norvegiyalik asirlarni o‘ldirishgani va ularning jasadlari suratini e'lon qilishganini ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Suratlar IShID tasarrufidagi nashrlardan birida e'lon qilingan. Ungacha jangarilar ikki asirni sotib olish taklifini ilgari surishgan edi.

Avvalroq IShID jangarilari agar Misr hukumati 48 soat vaqt ichida ularning odamini ozod qilmasa, xorvatiyalik asirni o‘ldirishlari bilan tahdid qilishgani haqida ma'lum qilingan edi.

Top