11:28 / 19.11.2015
3584

Lui van Gaal: Men hech ish qilmayapman va ko‘p pul olayapman

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal hujumkor futbol namoyish etilmayotgani haqida Pol Skoulz tomonidan qilingan tanqidga javob berib o‘tdi.

U o‘zi kinoya aralash bildirgan javobida jamoadagi "xodimlar armiyasi" o‘ziga ish qoldirmayotgani haqida aytib o‘tgan. Shu orqali o‘ziga juda ko‘p yordamchilar biriktirilganiga noroziligini bildirib o‘tgan.

"Men eski avlod murabbiyi bo‘lsam kerak. Men murabbiylikni boshlagan vaqtimda murabbiy jamoadagi asosiy va hal qiluvchi shaxs hisoblanar edi. Hozirda "MYu"da sport fanlari departamenti, skautlar departamenti, katta tibbiyot bo‘limi, menejyer yordamchilari, murabbiy yordamchilari bor. Shunday ekan mening ish qilishimga hojat qolmayapti. Men shunchaki atrofni kuzatyapman. Umuman ish qilmasdan pul olayapman", deydi murabbiy The Telegraph nashriga.

Top