18:54 / 19.11.2015
4348

Mundo Deportivo: Peres "Real"ga keyingi murabbiy sifatida kimni olib kelish masalasini hal qilgan

«Real» prezidenti Florentino Peres jamoaning keyingi bosh murabbiyi borasida bir qarorga keldi, deya xabar tarqatdi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, Benitesdan keyin "Qirollik klubi"ni Zinedin Zidan qabul qilib oladi. Hozirda Zidan madridliklarning yoshlari jamoasi bo‘lmish «Kastilya»ga murabbiylik qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, jamoaning fransiyalik sobiq futbolchisi prezidentning maqsadlarini biladi. Shu bois u Fransiya chempionatidan tushgan taklifni rad etdi. Zidan jamoani davralar oralig‘ida emas, yozda qabul qilishni istamoqda.

Agar Benites mavsum davomida iste'foga chiqariladigan bo‘lsa, Peres Zidanni jamoani boshqarishga ko‘ndirishga urinib ko‘rishi mumkinligi aytilgan.

Top