01:11 / 19.11.2015
5203

Nazarboyev: agar bizda durust moliya vaziri bo‘lganda, har bir tiyinni nazorat qilgan bo‘lardi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat moliya vaziri Baxit Sultonovning faoliyatini tanqid ostiga oldi va uning o‘rniga yaxshisi Bo‘lat Jamishevni qo‘yish kerakligi haqida aytdi, deb xabar bermoqda “Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi.

“Agar bizda durust moliya vaziri, g‘aznachi bo‘lganda, har bir tiyinni nazorat qilgan bo‘lardi. Sen bo‘lsang, qancha so‘rashsa bervurgansan. Men senga davlat g‘aznasini ishonib topshirganman, sen “davlatning cho‘ntagisan”, pulni va davlat g‘aznasini nazorat qilish bo‘yicha mening shaxsiy vakilimsan”, deb aytdi Nazarboyev hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida moliya vaziriga yuzlanib.

“Barchangiz davlat hisobidan yaxshisiz. Yaxshisi Jamishevni qo‘yish kerak, hech kim bilan gaplashib o‘tirmaydi. Balki u kimgadir yoqmas, menga ham ba'zida yoqmaydi, biroq u “shoti” kabi to‘g‘riligi bu aniq. Davlat manfaati yo‘lida saqlaydi”, deb qo‘shimcha qildi Nazarboyev.

Bo‘lat Jamishev Qozog‘iston davlat arbobi, hozirda Qozog‘iston taraqqiyot banki boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritadi.

Top