00:12 / 19.11.2015
2628

Osiyo-Tinchokeani iqtisodiy hamkorlik sammiti a'zolari Filippin milliy kiymida suratga tushishdi

Manilada bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinchokeani iqtisodiy hamkorlik sammiti a'zolari birgalikda Filippin milliy kiyimida suratga tushishdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Mamlakat va hukumat rahbarlari suratga tushish oldidan “barong” deb nomlangan milliy kiyim kiyishdi. 1993 yilda Sietldagi forumda amalga kiritilgan norasmiy ana'naga muvofiq sammit ishtirokchilari mezbon mamlakat milliy kiyimlarini kiyib suratga tushishi odat tusiga kirgan. 2009 yilda Singapurda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu odatga ilk bor amal qilinmagan edi. O‘shanda ishtirokchilar odatiy ish kiyimlarida suratga tushishgan.

2013 yilda Indoneziya prezidenti Susilo Bambang Yudxoyono ushbu ana'anani bekor qilish taklifini ilgari surgan edi.

Top