13:39 / 19.11.2015
3718

Qozog‘iston Milliy bankida 20 ming tengelik qog‘oz pul muomalaga kiritilishi muhokama qilinmoqda

Qozog‘iston Milliy banki rahbari Doniyor Akishev 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda Qozog‘istonda 20 ming tengelik qog‘oz pul muomalaga kiritilishi xususidagi savolga javob berdi.

“20 ming tengelik qog‘oz pul muomalaga kiritilishi masalasi haqiqatan ham muhokama qilinmoqda va o‘ylashimcha, yaqin orada bu haqda aniq javob bera olamiz”, deb aytdi Akishev.

Ushbu masala 2013 yildan beri muhokama qilib kelinmoqda. 20 ming tengelik qog‘oz pulning muomalaga kiritilishi tengening 20 yilligiga kiritilishi taxmin qilingandi. Biroq o‘shanda Qozog‘iston Milliy bankining sobiq rahbari Kayrat Kelimbetov ushbu qog‘oz pulning kiritilishi aholining yuqori devalvatsiya kutishlari sababli ortga surilishini aytgan edi.

Avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 20, 25 va 50 minglik tenge pullar suratlari paydo bo‘lgandi.

Shu bilan birga Nursulton Nazarboyev Akishevga aholining tengega ishonchini qaytarish vazifasini yukladi.

Akishevning aytishicha, agar neft narxi 40 dollardan tushib ketsa, unda kursning korrektirovkasi amalga oshiriladi. Yana uning fikricha, xususiy valyuta ayirboshlash shoxobchalarini yopishga zarurat yo‘q.

Qozog‘iston Milliy bankining 18 noyabrdagi rasmiy kursi 1 dollarga 307,6 tengeni tashkil qildi.

Top