14:28 / 19.11.2015
3144

"Real" va "Barselona" bahsi uchun chiptalar internetda o‘rtacha 659 yevrodan sotilmoqda

21 noyabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadigan "Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi "El klasiko" bahsi uchun chiptalar narxi o‘rganildi.

Ayni vaqtda internet orqali bu o‘yin chiptalarini o‘rtacha 659 yevrodan xarid qilish mumkin. VIP-sektor uchun chiptalar bahosi esa 2697 yevro.

AR nashri ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan mavsumdagi "El klasiko" bahsi uchun chiptalar narxi 600 yevrodan 2951 yevrogacha bo‘lgandi.

Qayd etilishicha, bu o‘yinga xorijdan ham katta qiziqish mavjud. Ayniqsa, Buyuk Britaniya, Fransiya, Janubiy Koreya hamda AQShdan talablar yuqori ekani aytilgan.

Top