12:29 / 19.11.2015
5897

Ronaldu Bayrut terakti vaqtida ota-onasidan ajragan bola bilan uchrashadi

"Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu Livanning Bayrut shahridagi terakt tufayli ota-onasidan ajragan 3 yoshli yetim bola Haydar Mustafo bilan uchrashadi.

12 noyabr kuni Bayrut shahrining gavjum qismida 2ta terakt sodir etilishi tufayli 43 kishi halok bo‘lgan hamda 239 kishi jarohatlangandi.

Terakt sodir etilgan vaqtda Haydar Mustafoning ota-onasi shu hududda bo‘lgan va o‘lim topishgan.

Livanlik jurnalist Rana Harbi Haydarning taqdiri haqida Tvitter orqali yozadi va bunday tvitlarida #CristianoMeetHaidar heshtegidan foydalanadi. Bu tvitlar qisqa vaqt ichida boshqa internet foydalanuvchilari e'tiborini o‘ziga tortadi. "Real"ning livanlik muxlislari jamiyati tashabbusi bilan bu haqda jamoaga ma'lum qilingach, shunday uchrashuv o‘tkazishga kelishiladi.

Top