11:13 / 19.11.2015
3952

Sardobaliklar avtoyo‘llar ahvolidan nolimoqda

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari ko‘p yillardan buyon yomon ahvolda qolib kelmoqda. Shu bois tuman ahli matbuotga murojaat qilishga qaror qildi.

Tumanda yashovchi D. Sattarova “Adolat ko‘zgusi” gazetasi tahririyatiga murojaat yo‘llab, Sardoba, Dashtobod yo‘llarining nosozligi, ayniqsa, ichimlik suvi muammosi qiyinchilik tug‘dirayotgani bois bunday kamchiliklarni bartaraf etishda yordam so‘ragan.

Shikoyat ko‘rib chiqilgach, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R. Tursunmurodov unga o‘z munosabatini bildirdi. U rekonstruksiya va ta'mirlash bo‘yicha ko‘zda tutilgan bir qator rejalarni sanab o‘tib, yaqinda yo‘llar ta'miri va ichimlik suvi ta'minoti masalalari yaxshilanishini ta'kidlab o‘tdi.

Top