14:35 / 19.11.2015
2758

Serbiya va Makedoniya o‘z hududidan faqatgina uchta mamlakat qochqinlarining o‘tishiga ijozat berdi

Serbiya va Makedoniya hukumati o‘z mamlakatlari hududidan faqatgina uchta davlatdan bo‘lgan qochqinlarning o‘tishiga ijozat berdi, deya xabar qilmoqda Reuters.

BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Iroq, Suriya va afg‘onistonlik qochqinlarning o‘tishiga ruxsat berilgan.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, Makedoniya politsiyasi Gretsiya bilan chegarasida boshqa davlatlar fuqarolarining o‘tishini to‘xtatdi.

Avvalroq esa Yevropaga yo‘l olgan qochqinlarning katta qismi Eritreya, Liviya, Niger va boshqa mamlakatlar fuqarolaridan iborat ekani xabar qilingan edi.

Top