10:58 / 19.11.2015
2533

Texas shtatida 2015 yil hisobidan 13-marta qatl hukmi ijro etildi

AQShning Texas shtatida 18 noyabr kuni 15 yil oldin amalga oshirgan jinoyati uchun o‘limga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazo ijro etildi.

36 yoshli Rafael Xolidey Texasda 2015 yilda qatl qilingan 13-mahkumga aylandi (1976 yilda AQShda o‘lim jazosi tiklanganidan buyon 531-chi).

2000 yilda sud Xolideyni rafiqasining 7 yoshli qizini zo‘rlagani uchun bu oilaga yaqinlashmaslik to‘g‘risida hukm chiqargandi. Lekin u hukmga qarshi yurib, o‘zining borishi taqiqlangan xonadonga borgan va oila yashab turgan uyga o‘t qo‘ygan. Natijada uydagi 7 yoshli Terra va uning egizak singillari halok bo‘lgan.

Xolideyning advokatlari o‘tgan vaqt davomida unga tayinlangan jazoni yumshatish uchun urinib kelishdi lekin hukm o‘zgartirilmadi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda AQShning 31ta shtatida o‘lim jazosi qo‘llashga ruxsat berilgan. 2015 yilning apreli holatiga ko‘ra, mamlakatda 3002 nafar mahbus o‘ziga tayinlangan o‘lim hukmlari ijro etilishini kutadi.

1976 yilda AQShda o‘lim jazosi tiklangach, shu vaqtgacha (2015 yilning sentabr oyi ma'lumoti) 1414 mahbusning qatli amalga oshirilgan. Jazolar asosan tanaga o‘limga olib boruvchi modda jo‘natilishi orqali amalga oshiriladi.

Top