11:06 / 19.11.2015
3187

TIMIda 4 ming nafardan ortiq talabaning ota-onalari va rektor o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida ota-onalar va ta'lim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish, talabalar ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida ota-onlarga ma'lumot berish maqsadida ota-onalar va rektor uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda kun.uz mobil muxbiri xabar berdi.

Tashkil etilgan tadbirda 4000 nafardan ortiq talabalarning ota-onalari, institut rektori, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektor va jamoat tashkiloti rahbarlari ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tashkil etilgan ota-onalar va rektor uchrashuvi ota-onalarga farzandlari tahsil olayotgan ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonida amalga oshirilgan islohotlar, moddiy texnika bazasi va mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma'lumot olish imkonini berdi.

Tadbir davomida farzandlari a'lo bahoga o‘qiyotgan va jamiyat hayotiga befarq bo‘lmagan ijtimoiy faol talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. Tadbirda institut rektori ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va ota-onalarning farzandlarini o‘qish jarayonidagi mas'uliyatini oshirish, institutda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmasligida ota-onalar va institut hamkorligini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi takliflari tinglandi.

Tashkil etilgan uchrashuvning ikkinchi qismida ota-onalar institut o‘quv binolari, labaratoriya xonalari, axborot resurs markazi, talabalar turar joyi va talabalar oshxonasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Top