23:48 / 19.11.2015
8467

Turkiya prezidenti barcha musulmonlar terrorchi degan fikrni qattiq tanqid qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on terrorchilarga qarshi musulmon davlatlari ishtirokida yagona frontni shakllantirish borasidagi taklif bilan chiqdi. Bu haqda Turkiya gazetasi Hurriet xabar bermoqda.

“Men terrorchilarga qarshi barcha musulmon mamlakatlari rahbarlarining birlashib, yagona front ostida kurash olib borishlari taklifi bilan chiqaman”, — dedi Erdo‘g‘on.

Shuningdek, Turkiya prezidenti barcha musulmonlar terrorchilar degan fikrni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday dinga aloqador inson yomon ish qilishi mumkin va agarda kimda-kim Islomni IShID bilan bog‘lasa xato qiladi.

Top