11:52 / 19.11.2015
3077

Turkmaniston tabiiy gazni qayta ishlashni boshlaydi

Neft va tabiiy gaz narxlarining jahon miqyosida tushib ketishi Turkmaniston rahbariyatini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yoqilg‘i-energetika xom ashyo re surslaridan boshqa sohalarga ham e'tibor qaratishga majbur qilmoqda.

O‘n yillar mobaynida mamlakat uglevodorod resurslari zaxiralari bo‘yicha jahonda to‘rtinchi o‘rinda turuvchi o‘lka sifatida bundan unumli foydalanib keldi. Ammo 2014 yildan narxlar va talabning tushishi daromadga shu qadar ta'sir o‘tkazdiki, hukumat yoqilg‘i-energetika kompleksini diversifikatsiya qilish qadamlarini tashlashga majbur bo‘lmoqda.

Soha vakili Ashirberdi Boboyevning so‘zlariga qaraganda, endilikda mamlakat uglevodord xom ashyosini emas, balki uni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotni qimmatroq narxlarda eksport qilishga qarab iqtisodiy istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini o‘zgartirmoqda. Buning uchun yaqin orada yangi korxonalar yaratiladi, shuningdek, mavjudlari modernizatsiya qilinadi.

“Turkmaniston” gazetasining yozishicha, bu maqsadlarga davlat rahbarining qaroriga muvofiq 20 mlrd dollar yo‘naltirildi. Hukumat ish olib boriladigan ikki asosiy yo‘nalishni belgilab berdi – uglevodorod resurslari eksportini diversifikatsiya qilish hamda mamlakat ichida qayta ishlash sohalarini diversifikatsiya qilish.

Top