14:40 / 20.11.2015
4253

50 yoshli britaniyalik erkak bir soatda 2200 marta qo‘l tayanchi mashqini bajarib, rekord o‘rnatdi

Britaniyalik 50 yoshli Karlton Uilyams bir soatda 2200 marta qo‘l tayanchi (otjimaniya) mashqini bajargan holda Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Karlton birinchi marta rekordsmen bo‘layotgani yo‘q: u 2014 yilda xuddi shuncha vaqt ichida 1874 marta qo‘l tayanchi mashqini bajargan edi, deya yozmoqda “Yevrosport”.

Bir yillik tinimsiz mashqlar unga o‘z rekordini 326taga qadar oshirishi uchun ko‘mak berdi.

Top