19:52 / 20.11.2015
9796

Ikki mast qozog‘istonlik Xitoydagi tanishi bilan uchrashish uchun yer osti yo‘li qazidi

Ikki qozog‘istonlik chorva sotuvchi tanishi bilan uchrashish uchun Xitoyga yer osti yo‘li qazidi. Bu haqda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatiga iqtibos keltirgan holda Zakon.kz nashri ma'lum qildi.

Chegara xizmatida aytishlaricha, Olma-ota viloyatida yashovchi Tulkiboy va Eldor ismli erkak 19 noyabrda spirtli ichimlik iste'mol qilgan. Bu orada ularning miyalariga qishlash joyi chegara zastavasi ortida, Xitoy tomonda joylashgan tanishlari Berikdan chorva sotib olish fikri kelib qolgan.

Shundan keyin erkaklar chegara oldiga borib, nazorat polosasini kesib o‘tib, shtik belkuragi yordamida “Tekes” chegara zastavasining elektr signalizatsiyasi ostidan yo‘l qazishdi.

Biroq erkaklar o‘z tanishlari bilan uchrasha olmadilar: qoidabuzarlarni zastava tomondan kelayotgan avtomobil chiroqlari cho‘chitib yubordi. Shundan keyin erkaklar ortlariga qaytib, uylariga tarqab ketishdi. Ertasiga Tulkiboy va Eldor o‘z uylarida qo‘lga olindilar.

20 noyabrda Qirg‘izistonning Mang‘istau viloyatida Qozog‘iston davlat chegarasini buzgan 5 nafar rossiyalik yarim yilga qamoq jazosiga mahkum etildi. Ular Rossiyadan Qozog‘istonning Kaspiy dengizidagi Kulali oroliga motorli qayiqda noqonuniy kelganlikda ayblanganlar.

Top