14:48 / 20.11.2015
2441

Obama malaziyaliklarni konfessialararo muloqot qurishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Malayziyaning islom diniga e'tiqod qo‘ygan yoshlariga murojaat qilib, ularni Parijdagi hujumlarga olib kelgan qo‘rqinchli qarashlardan uzoq yurishga chaqirdi.

“Siz o‘rnak bo‘la olishingiz mumkin. Nafaqat qattiqqo‘l ekstremizmga qarshi turish, balki konfessilararo muloqot qurish, bag‘rikenglikni rivojlantirish zarur”, - uning so‘zlarini keltiradi Associated Press agentligi.

Obama, shuningdek, yoshlarni odamlarni etnik, diniy yoki boshqa belgilarga ko‘ra ajratishga olib keladigan qarashlardan voz kechishga chaqirdi.

Top