16:46 / 20.11.2015
3303

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi OCh arafasidagi yig‘in doirasida 7ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

2016 yilning yanvar oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining nazorat o‘yinlaridagi raqiblari nomi aniq bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 30 noyabrda Toshkentda yig‘iladigan jamoa 2-14 dekabr va 19-28 dekabr kunlari Dubayda yig‘in o‘tkazadi.
2-9 yanvar kunlariga mo‘ljallangan yakuniy yig‘in ham Dubayda o‘tishi mo‘ljallangan. Keyin olimpiyachilar Doha shahriga yo‘l oladi va 13 yanvarda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

"Terma jamoalar markazi" olib borgan muzokaralar yakunida jami 7 nazorat uchrashuvi tashkil etilishiga erishilgan.

Raqiblar va o‘yinlar sanalari quyidagicha:

7 dekabr - "Al Vasl" (BAA)
13 dekabr - Yaponiya
20 dekabr - KXDR
23 dekabr - BAA
27 dekabr - Qatar
4 yanvar - Xitoy
6 yanvar - Iordaniya

Top