13:55 / 20.11.2015
7469

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila qayd etildi

20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 10:45da O‘zbekiston hududida 3 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Toshkent shahrida esa uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Qirg‘izistonning O‘zgan shahridan 57 kilometr masofada, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishi episentrida 4,9 ballik zilzila qayd etildi.

Zilzila o‘chog‘idan taxminan 150 kilometr masofada joylashgan Andijon shahrida yer silkinishlari kuchliroq bo‘lgani aytilmoqda.

Top