13:08 / 20.11.2015
2670

Peskov terrorchilarni o‘limga hukm qilish bo‘yicha moratoriyga munosabat bildirdi

Ayni paytda Rossiya hukumati o‘lim jazosiga nisbatan moratoriy joriy qilinganini inobatga olgan holda harakat qiladi. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov fikr bildirdi.

“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov terrorchilar va ularning sheriklariga nisbatan o‘lim jazosini joriy etish haqida taklif bildirgan edi. Peskov bu fikrga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Bu shunchaki yaqinda aytib o‘tildi. Bilasizmi, bu o‘lim jazosi masalasi, u juda murakkab, bahslar tugagani yo‘q. Oxir-oqibat, bizda moratoriy haqidagi qaror amal qilmoqda. Mana shu moratoriydan kelib chiqib ish ko‘ramiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Top