16:33 / 20.11.2015
2500

Ronaldino ham Turkiya klubida to‘p surishi mumkin

Turkiyaning «Antalyaspor» klubi prezidenti Gyultekin Genjyer jamoa Andrea Pirlodan tashqari braziliyalik Ronaldino bilan ham kelishuvga erishganini ta'kidlab o‘tdi.

«Biz Pirlo va uning agenti bilan muzokaralar olib bordik. U «Antalyaspor» uchun o‘ynashga tayyor bo‘lib turibdi».

«Shuningdek, biz Ronaldino va uning agenti bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqdamiz. U ham jamoamiz uchun o‘ynashga tayyor».

«Biz ular bilan dastlabki kelishuvga erishdik. Moliyaviy ko‘mak topa olsak, savdo rasmiylashtiriladi», – deya ta'kidladi Genjyer.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pirloning agenti mijozining turk klubi safida 8ta uchrashuvda ishtirok etishi uchun 2 million yevro talab qilishayotganini ma'lum qilgandi.

Top